21:06 O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi oshdi | |
O‘zbekiston Markaziy banki 2017-yil 11-apreldan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatlarini belgiladi. Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 3650 so‘m 74 tiyin etib belgilandi. Bu 4-apreldagi kursga nisbatan 27 so‘m 67 tiyinga ko‘p. 11-apreldan e’tiboran 1 yevro qiymati 3894 so‘m 88 tiyin (4-apreldagi kursga nisbatan 19 so‘m 54 tiyin arzon), 1 Rossiya rubli esa 64 so‘m 14 tiyin (4-apreldagi kursga nisbatan 60 tiyin arzon) etib belgilangan. Eslatib o‘tamiz, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|