22:00 Britaniyada saratonning davolab bo‘lmaydigan shakliga qarshi dori vositasi yaratildi | |
Buyuk Britaniya Sog‘liqni saqlash milliy tizimi (NHS) olimlari saratonning davolab bo‘lmas shakllarida foyda beradigan dori vositasini yaratdi, deb xabar beradi Daily Mail. Gap Entrectinib — o‘smaning organizmning qayerida joylashganidan qat’i nazar uni yo‘q qilishga qodir dori vositasi haqida ketmoqda. “Entrectinib kabi davolash usuli organizmning qayerida joylashgan bo‘lishga qaramay o‘smaning o‘sishini faollashtiruvchi genetik mutatsiyaga yo‘naltirilgan bo‘lib, u saratonni davolash metodlarida inqilobni amalga oshirishi mumkin”, — deydi NHS olimlaridan biri Meyndert Boysen. Ta’kidlanishicha, saratonni davolashning an’anaviy usuli zararli o‘smaning qayerda joylashganiga bog‘liq. Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi dori vositasi saraton kasalligining kamyob turlaridan aziyat chekuvchi 12 yoshdan kattalar uchun mo‘ljallangan.
Manba: "daryo.uz"
| |
|