19:49 Britaniyada tasodifan 900 yillik «sirli» tunnel topildi | |
Uellsda elektrotexnika ishlari paytida, taxminan 900 yil avval qurilgan o‘rta asrlarga oid «sirli» tunnel topildi. Bu haqda RIA nashri xabar bermoqda. Bino 1131 yilda tashkil etilgan qadimiy abbatlik xarobalari yonida joylashgan. Tunnelni yer osti simi uchun xandaq qazayotgan ishchilar topgan. Tunnelning balandligi taxminan 1,2 metrni tashkil etadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur tunnel topografik xaritalarning birortasida ham mavjud emas, shuningdek, mahalliy aholi va rasmiylar ham bundan bexabar bo‘lishgan. Ma’lum qilinishicha, topilmani batafsil o‘rganish uchun yillar davomida arxeologik tadqiqotlar olib borilishi kerak.
Manba: "xabar.uz"
| |
|