14:45 Buxoro viloyatida yana 7 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi | |
Buxoro viloyatida 8 nafar bemor koronavirusdan butkul sog‘aydi. Bu haqda bugun, 3 may kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, shifo topganlarning barchasi Rossiyadan charter reys bilan Buxoroga olib kelingan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, shifoxonaga joylashtirilgan. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, 2 nafar bemor Farg‘onadan, 1 nafardan – Jizzax, Buxoro, Qashqadaryo va Andijon viloyatlari va Toshkent shahridan. Ularning barchasi erkak bo‘lib, eng yoshi kattasi 41 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 16 yosh. Ma’lumot uchun, Buxoro viloyati bo‘yicha shu paytga qadar 325 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 332 nafarga yetdi. Shu soatgacha mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 1278 nafarni tashkil etmoqda. Eslatib o'tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Hozirgacha mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq 2127 ta holat qayd etilgan. Bugungacha bemorlarning 9 nafari vafot etgan.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|