13:26 Buxoro viloyatida yana 9 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi | |
Buxoro viloyatida jami 8 nafar bemor koronavirusdan butkul sog‘aydi. Bu haqda bugun, 28 aprel kuni Respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, shifo topganlarning barchasi joriy yil 25 mart kuni Rossiyadan charter reys bilan Buxoroga olib kelingan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, shifoxonaga joylashtirilgan. Ulardan 8 nafari erkak, 1 nafari ayol. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, Toshkent, Buxoro viloyatlari va Toshkent shahridan 2 nafardan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlaridan 1 nafardan. Ular orasida eng yoshi kattasi 55 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 19 yosh. Ma’lumot uchun, Buxoro viloyati bo‘yicha shu paytga qadar 280 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 289 nafarga yetdi. Mamlakatda bemorlarning sog‘ayib chiqishi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich hozircha Buxoro viloyatidan qayd etilmoqda. Ayni paytda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 909 nafarni tashkil etmoqda. Eslatib o'tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Bugungacha bemorlarning 8 nafari vafot etgan.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|