13:19 Buxoroda uka o‘z akasining uyini tunadi | |
Joriy yilning 15-may kuni Buxoro viloyatining Kogon shahrida yashovchi I.B. IIBga ariza bilan murojaat qilgan. Unga ko‘ra, 18-aprel kuni noma’lum shaxs I.B.ning uyidan 1.000 AQSh dollari va umumiy qiymati 1.100.000 so‘mlik erkaklar qo‘l soatini o‘g‘irlab ketgan. Ichki ishlar xodimlari jinoyatni I.B.ning ukasi Z.B. sodir etganligi aniqlaganlar va u ushlangan. Mazkur holat yuzasidan JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergovni IIB olib bormoqda.
Manba: "xabar.uz"
| |
|