12:26 Buyurtma yomg‘ir yoxud Xitoy ob-havoni o‘zgartirishni o‘rgandi | |
Jadval bo‘yicha quyosh va yomg‘ir. Fantastika deysizmi? Yanglishasiz. Xitoyda bu allaqachon haqiqat. Xitoy hukumati 2025 yilgacha sun’iy yog‘ingarchilik (yomg‘ir va qor) dasturini 5,5 million kvadrat kilometrga kengaytirishni rejalashtirmoqda. Bu mamlakat hududining deyarli 60 foizini tashkil etadi. Ob-havo manipulyasiyasi Xitoy boshqa mamlakatlarda ham ma’lum bo‘lgan bulutli urug‘larni ekish usulidan foydalanadi. U yog‘ingarchilik keltirib chiqarish va shu bilan ob-havoni boshqarish uchun bulutlar ustiga turli xil modda (masalan, yodli kumush) purkashdan iborat. "Bu biron bir tajriba yoki mavhum ilmiy narsa emas. Texnologiya asosan munisipal darajada, shahar va qishloqlarda amalga oshiriladi", deydi iqlim bo‘yicha mutaxassis Dxanasri Jayyaram. «Shuningdek, Pekin yirik tadbirlarga mezbonlik qilganda texnologiyadan foydalaniladi». Xitoyning 50 ming shahar va qishloqlari allaqachon dehqonchilik dalalari muammosini oldini olish uchun bulutli urug‘larni muntazam qo‘llashmoqda. Yana ob-havo manipulyasiyasi dasturi tabiiy ofatlardan so‘ng tiklanishga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishni yaxshilash, o‘rmon va dasht yong‘inlariga qarshi kurashish, g‘ayritabiiy yuqori harorat yoki qurg‘oqchilikni nazorat qilishga yordam beradi, deyishadi mutaxassislar.
Manba: "aniq.uz"
| |
|