Главная » 2020 » Апрель » 19 » Chekuvchilar ehtiyot bo‘ling: KORONAVIRUS!
22:11

Chekuvchilar ehtiyot bo‘ling: KORONAVIRUS!


O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, tibbiyot fanlari doktori, professor Abdulla Ubaydullaev «Shifo-info» gazetasiga bergan intervyusida koronavirus kasalligi borasida fikr bildirdi.
Koronavirus, eng avvalo, o‘pkaga ko‘p zarar yetkazishini hisobga olgan holda chekuvchilar nihoyatda ehtiyot bo‘lishlari kerak. Bu o‘rinda gap hatto yoshga ham bog‘liq emas. Agar chekuvchi kishi yosh bo‘lsa ham, koronavirus infeksiyasini yuqtirgudek bo‘lsa, ancha aziyat chekishi mumkin. 
KEKSALARDA — INFARKT, QON BOSIMI
Keksalarda immun tizimi ancha sust bo‘lgani bois, ularning har qanday infeksiyani yuqtirishi juda oson. Bundan tashqari, ularda qo‘shimcha, yondosh kasalliklar ham bo‘ladi. Masalan, infarkt miokardi, qon bosimi oshishi, buyrak kasalliklari kabi. Ana shular koronavirus natijasida rivojlanib ketishi mumkin. 
TANANING BARChA A’ZOLARI ZARARLANADI
Ba’zi shifokorlar bu infeksiya o‘pkani ko‘proq zararlaydi, degan fikrni bildirishyapti. Bilasizmi, gepatit jigar to‘qimalari, ba’zi infeksiyalar esa yurakka ko‘proq ta’sir ko‘rsatadi. Lekin koronavirus eng "yaxshi ko‘rgan" a’zo — bu o‘pka. Ba’zilar kasallik yengil holatda o‘pkaga o‘tmaydi, deyishmoqda. Bu mutlaqo noto‘g‘ri fikr. Biror kishi pnevmoniya bilan xastalansa, bu darrov o‘pkaga ta’sir etadi. Koronavirus pnevmoniya emas, u tananing barcha a’zolarini zararlaydi.
EShITISh QOBILIYaTI YO‘QOLADI, O‘PKA ShIShADI
Kasallikka chalingan inson qonida limfotsitlar kamayib ketadi, eshitish qobiliyati yo‘qoladi, yuqori nafas yo‘llari, undan keyin bronx yo‘llari zararlanadi. Shu tarzda asta-sekin o‘pka siqilib, shishadi (otyok) va harsillab nafas olish boshlanadi. Ana shundan so‘ng odamlar xastalikka chalinganini anglab yetadi. 
Ba’zilar buni tushunib yetmasdan, o‘zlaricha davolanishga urinishyapti, turli dori preparatlari qabul qilishyapti. Bu bilan ular faqat o‘zlariga zarar yetkazishyapti, xolos.
NAJOT YO‘LI — ShIFOKORGA MUROJAAT
Agar biror kishining isitmasi ko‘tarilib, quruq yo‘tal bezovta qila boshlasa, nafasi siqilib, o‘zini behol sezsa, darhol shifokorga murojaat qilishi lozim. Qon tahlillaridan so‘ng shifokor bu insonning shamollagani yoki boshqa xastalikka chalinganini aniqlaydi


Manba: "aniq.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: Koronavirus, Chekuvchilar ehtiyot bo‘ling | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz