10:18 COVID-19ga qarshi dori vositalari ro‘yxatiga o‘zgartirish kiritildi | |
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-iyuldagi 449-son qarori bilan 2020-yilning 1-oktyabriga qadar O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazmasdan hamda sertifikatlashtirmasdan import qilinadigan, COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qo'llaniladigan tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar hamda O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazmasdan, majburiy sertifikatsiyalashtirish sharti bilan import qilinadigan, COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qo‘llaniladigan dori vositalari va biologik faol moddalar ro‘yxati tasdiqlangan edi. Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi axborot xizmatining xabar berishicha, hukumatning tegishli qarori bilan bu ro‘yxatga Ekspress test SARS-CoV-2 Antibody Test (Express-test) tibbiyot buyumi hamda boshqa dori vositalari kiritilib, begilangan tartib 2021 yilning 1 martiga qadar uzaytirilmoqda.
Manba: "xabar.uz"
| |
|