13:58 Dangasa xonimlar uchun parhez: 2 haftada –12 kg. | |
Bir kunlik ovqatlanish ratsioni: 1. Nonushta. 2 stakan suv iching. So‘ng nima yegingiz kelsa, shu bilan nonushta qiling, ammo choy va boshqa suyuqliklarni nonushta jarayonida va undan so‘ng 2 soat ichmang. 2. Tushlik. 2 stakan suv iching. Tushlikda ham istagan taomingizni paqqos tushiravering, faqat suyuqliksiz, undan keyin ham 2 soat suyuqlik icha ko‘rmang. 3. Kechki ovqat. 1 stakan suv iching, agar istasangiz, 2 stakan ham bo‘ladi. Xuddi nonushta va tushlikdagi kabi istagan taomingizni yeng-u, 2 soat suv ichmang. 4. Yodda tuting! Agar tolmachoyga ehtiyoj sezsangiz, uni ham 2 stakan suv ichish bilan boshlang, agar shunchaki buterbrod yoki pechenelar yemoqchi bo‘lsangiz, 1 stakan suv ham yetadi. Bu parhez juda oson bo‘lishiga qaramay, kutilgan natijaga, albatta, erishasiz.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|