Главная » 2017 » Июнь » 27 » Yozgi bir haftalik parhez
18:28

Yozgi bir haftalik parhez


O‘zingiz eng sevgan meva va sabzavotlarni tanlang. Parhez 7 kunga mo‘ljallangan. Har bir kuningiz ma’lum bir sabzavot yoki mevaga «bag‘ishlanadi».

Dushanba

Bodring va pomidorli kun

Kun davomida faqat bodring va pomidor yeng.

Seshanba

Mevalar kuni

Biror bir o‘zingiz eng sevgan meva turini tanlang va kun davomida faqatgina shu mevani iste’mol qiling. Mevaning asosiy qismi tushlikka to‘јri kelgani ma’qul. Shuningdek, kefir yoki yoјsiz yogurt ham yeyishingiz mumkin.

Chorshanba

Reza mevalar kuni

O‘zingizga yoqimli bo‘lgan reza mevani (qulupnay, gilos, malina) tanlang va faqat shu mevani iste’mol qiling. Shuningdek, giyohli damlama yoki ko‘k choy ham ichishingiz mumkin.

Payshanba

Kefir va tvorogli kun

Bugun faqat sutli mahsulotlar tanavvul qiling. Har 2-3 soatda 1 stakan kefir iching. Nonushta va tushlik paytida 100 gr tvorog ham yeyishingiz mumkin.

Juma

Sabzavot kuni

Kartoshka, qovoqcha, bulјor qalampiri, istalgan sabzavot turini tanlang va xoh pishirilgan, xoh pishmagan holatda iste’mol qiling. Shuningdek, pomidor, bodring va karam ham yeyishingiz mumkin. Ko‘proq ko‘k choy iching.

Shanba

Rezavor mevalar kuni

Bugun bir emas, bir nechta reza mevalarni yeyishingiz mumkin va hatto tushlik paytida 100 gr tvorog yeyishingizga ham ruxsat beriladi. Ichimliklardan esa giyohli damlama yoki ko‘k choy.

Yakshanba

Sharbatlar kuni

Butun hafta davomidagi eng qiyin kun. Kun davomida hech narsa yemaysiz, faqat turli sabzavotlardan qilingan sharbatlarni ichishingiz mumkin. Agar ochlikka juda ham chiday olmasangiz – 100 gr yog‘siz tvorog yeyishingizga ruxsat beriladi.

Diqqat: har qanday parhezni tugallagandan so‘ngra oshqozonni to‘latib og‘ir ovqat yemang, bu hazm qilishni buzadi. Yuqorida keltirilgan parhez turlari esa yengil bo‘lib, oshqozon oddiy ovqatga o‘rganishi uchun avvaliga yengil ovqatlar tanovvul qiling.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: PARHEZ, yozgi, bir haftalik | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz