12:59 Parhez davrida nimalar ichish mumkin? | |
*Kuningizni qahvasiz tasavvur qila olmasangiz yoki qon bosimingiz past bo‘lsa, qahvaga shakar solmasdan iching. *Ko‘k choy tanadan yog‘ning chiqishiga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi. Kuniga 5 piyola ko‘k choy iching, faqat shakarsiz bo‘lsin. *Sabzavotlar sharbati modda almashinuvini yaxshilaydi, kaloriyasi ham past (ayniqsa, tomat va sabzi sharbati). Ammo me’yoridan oshirmang. *Qatiq ham modda almashinuviga yaxshi ta’sir ko‘rsatib, ortiqcha vaznni kamaytiradi. *Quritilgan mevalarning (olma, o‘rik, olxo‘ri) damlamalari ishtahani pasaytiradi. Ochlik his qilganingizda quritilgan mevalar damlamasidan iching.
Manba: "http://darakchi.uz"
| |
|