14:17 Parhezdan keyin yana semirib ketmaslik uchun qanday ovqatlanish kerak? | |
Mana, nihoyat tutgan perhezingiz natija berdi: qomatingiz orzu qilarli darajaga yetdi. Biroq ortiqcha vazn bilan kurash hali tugagani yo‘q. Endi me’yorni saqlab qolish uchun harakat qilish lozim. Chunki shu kungacha iste’mol qilishimiz lozim bo‘lgan oziqaviy quvvatni organizm qaerdan bo‘lsa ham tiklab olishga intiladi. Nazoratni pasaytirmang! Tavsiya. Tuz va shakar miqdorini imkon qadar kamaytiring. Taomga tuz o‘rniga turli ziravorlardan ishlatsangiz, salomatligingiz uchun ham foydali. Yoz mavsumida taomnomamizdan turli ko‘katlar va sabzavotlar joy egallay boshlaydi. Demak, endi turli yog‘ mahsulotlari va shirinliklarni cheklash ayni muddao. Shoshilmang! Tavsiya. Sekin-sekin, har bir bo‘lakni yaxshilab chaynab yesangiz, oshqoziningizga yordam bergan bo‘lasiz. Bu esa o‘z navbatida erishgan natijangizni uzoq vaqt ushlab qolishga ko‘maklashadi. Dasturxondan «Yana bir bo‘lak bo‘lganda edi...» degan o‘y bilan turishni tavsiya qilamiz. Shunda kundan-kunga kamroq taom tanovul qilayotganingizga o‘zingiz ham amin bo‘lasiz. Aldanmang! Tavsiya. Ne-ne mashaqqatlar bilan erishgan natijangizni chippakka chiqmasligi uchun xamirli va yog‘li taomlar, shuningdek, shirinliklar bilan oshqoziningizni qiynoqqa solmang. Och qolmang! Tavsiya. Nonushta yoki tushlikdan ikki soat o‘tgach, meva tanovul qilishga odatlaning. Juda bo‘lmasa, bir bo‘lak achchiq shokolad va qaynoq choy bilan ham qorinni aldab turish mumkin. Me’yorni unutmang! Tavsiya. Masalan, hafta davomida har kuni ertalab mashq qilsangiz, erishgan natijangiz uchun yakshanbada o‘zingizni bir dona shirinlik bilan siylang. Bir afta davomida uyingizga yetishga ikki bekat qolganda avtobusdan tushib, piyoda yurganingiz uchun dam olish kuni mayonezli salat yoki pissa bilan o‘zingizni xushnud eting.
Manba: "daryo.uz"
| |
|