Главная » 2018 » Январь » 11 » Ozish borasida keng tarqalgan 5 noto‘g‘ri fikr
21:00

Ozish borasida keng tarqalgan 5 noto‘g‘ri fikr


Ozmoqchimisiz? Dugonalar maslahatiga quloq solmang!

Ozishga qilgan ayol ko‘pincha nima qiladi? Dugonalari, tanishlarining maslahatlarigaquloq tutadi, internetga murojaat etadi. Natijada, uning ongida turliaxborotlar bazasi paydo bo‘ladi. Bu axborotlar ko‘pincha bir-birini inkor etuvchi, ziddiyatli bo‘lib chiqadi. Quyida biz ozish borasida keng tarqalgan 5 noto‘g‘ri fikrnikeltiramiz va yolg‘onlarni fosh qilamiz.

«Ozish uchun faqat sabzavot va mevalarni iste’mol qilish kerak»

Unday emas. Sabzavotlar, ayniqsa mevalar asosan uglevodlardan tarkib topgan, uglevod esa ozishga yordam bermaydi, aksincha, semirtiradi. Uglevodlar – tanamiz va miyamizga quvvat bo‘ladigan shakardir. Ularni qancha ko‘p iste’mol qilsangiz, tanangizdagi yog‘lar shunchalik kam eriydi, yangi yog‘ qatlamlari esa ortib boraveradi. Xullas, sabzavot va mevalar foydali, ammo ozish uchun asosan oqsilli yeguliklarni iste’mol qilish kerak. Faqat ozdirmas ekan deb, sazavotu mevalarni umuman chetga surib qo‘ymang, ular oshqozon-ichak ishini ravonlashtiradi. Busiz ham ozib bo‘lmaydi. Sabzavot-mevalarni bilib, o‘rnida iste’mol qilish lozim.

«Sport bilan shug‘ullansang, qomati raso bo‘ladi»

Qisman to‘g‘ri, axir sport har kuni ko‘p soatlik uzluksiz mashqlar degani. Professional sportchilar aynan shunday mashq qilishadi. Ko‘pincha ular istagan narsalarini iste’mol qilaveradilar. Ammo agar siz Yer yuzi aholisining sport bilan professional mashg‘ul 1 foiziga mansub bo‘lmasangiz, demak, bor-yo‘g‘i jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanasiz, xolos. Kunora 2 soatdan sport zalida qiladigan mashqlaringizga yoki kuniga 2 kilometrdan yugurishlarga haddan ortiq umid bog‘lash to‘g‘ri emas. Bu o‘rinda to‘g‘ri ovqatlanishsiz natijaga erishish qiyin. Qolaversa, tanadagi modda almashinuvining o‘ziga xosligi ham muhim omil. Modda almashinuvi yaxshi bo‘lmagan professional sportchilar ham semirib ketishi kuzatiladi. Demak, to‘g‘ri ovqatlanish ozish yo‘lidagi muvaffaqiyatning 70 foizini ta’minlaydi.

«Yuguramiz va sarviqomat dilbarga aylanamiz»

Avvalgi afsonaga bog‘liq, ammo alohida tushuntiradigan joylari bor. Yugurish bilan natijaga erishish uchun uzoq vaqt kerak. Masalan, 1 soat yugurish davomida vazni 60 kg bo‘lgan odam taxminan 516 kkal kaloriya sarflaydi, 1 soat suzish 557 kkalni, erkin kurash bilan shug‘ullanish esa 1000 kkalni yo‘qotishga olib keladi. Bu raqamlar insonning modda almashinuvi jadalligiga ko‘ra biroz o‘zgarishi mumkin, ammo mohiyat o‘sha-o‘sha: yugurish kaloriya sarflashning eng sermahsul usuli emas. Ayrimlar agar yugurish orqali kutgan natijangizga erisha olmasangiz, yanada ko‘proq yuguring, degan noto‘g‘ri maslahatni berishadi. Aslo, unday qila ko‘rmang! Agar sport bilan avval shug‘ullanmagan bo‘lsangiz, hatto 3 km.ga yugurish ham siz uchun katta muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. 10 km. yugurishdan esa hushingizdan ketib qolishingiz hech gap emas. Ozish uchun kuniga 10-15 km.ni tez yoki muntazam tezlanish bilan yugurib o‘tish kerak. Xo‘sh, unda bu maslahat kimga atalgan? Yengil atletikachilargami? Ularning ortiqcha vazn bilan muammosi bo‘lmasa kerak. Yugurish yurak uchun foydali, ammo ozish uchun natijasi kam mashg‘ulotdir.

«Soat 18:00 dan keyin ovqatlanma!»

Agar soat 21:00 da uyquga ketadigan bo‘lsangiz, bu maslahat sizga qo‘l kelishi mumkin. Agar kechroq yotsangiz, siz uchun emas bu. Olaylik, soat 02:00 dan avval hech uxlolmaydigan «boyqush»lardansiz. Unda organizmingiz uyqugacha 8 soat, yana uyquda 6-10 soat och qolishi kerak. Bu ochlik uning uchun haqiqiy stress. Natijada nonushtada nimaiki yemang, yog‘ zahirasini to‘ldirish uchun olib qo‘yiladi. Chunki uzoq muddat och qolgan tana o‘zi uchun zaxiralar to‘play boshlaydi. Ozish haqida gap bo‘lishi mumkin emas. Shunday ekan, kun davomida uzoq och qolmaslik, 5-6 marta oz-ozdan ovqatlanish, uyqudan 2 soat oldin so‘nggi taomlanishni amalga oshirish kerak.

«Kam yesang, ozasan»

Bir qarashda mantiqli gap. Ammo kaloriyalarni nimaning hisobiga kamaytirayapsiz? Nimalardan voz kechayapsiz? Muhimi shunda. Ozish yog‘lar hisobiga amalga oshishi kerak. Faqat yog‘siz ovqat yeyaversangiz, suyaklaringiz mo‘rtlashib qoladi, uglevodlar yemasangiz, miyangiz zarar ko‘radi, oqsilsiz teringiz, yuragingiz, jigar va buyraklaringiz xastalanadi. Shu sababli kam yeyish deganda siz taomning miqdorini tushirishingiz, lekin sifatini oshirishingiz kerak. Qancha yeyish yoki nimani yeyish degan ikki yo‘l yo‘q, nimani qancha yeyish degan masala bor xolos. Ya’ni miqdor va sifat muvozanatini qat’iy ushlashingiz shart.

ShAHINA tayyorladi.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: Ozish | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz