23:12 Daraxtzorda murda topildi | |
2020-yil 13-dekabr kuni soat 10:00 da Zarafshon shahar 1-kichik tuman 1-uy oldidagi daraxtzorda 45 yoshli M.Q.ning murdasi topilgan. Unda tashqi tan jarohatlari qayd etilmagan. Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, M.Q.ning tanasida «qorin bo‘shlig‘ining yopiq qo‘shma jarohati, to‘sh suyagini yopiq sinishi, ichak tutqich arteriyasi yorilishi» kabi tan-jarohatlari borligi hamda aynan shu jarohatlar uning o‘limiga sabab bo‘lganligi aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan Zarafshon shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan noma’lum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «d» bandi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Dastlabki tergov jarayonida mazkur jinoyatni 41 yoshli Tomdi tumanida tug‘ilgan S.S. sodir etganligi, janjalga esa har ikki fuqaroning spirtli ichimlik ta’sirida bir-birlarini so‘kib haqorat qilganliklari sabab bo‘lganligi aniqlangan hamda u jinoyat ishi bo‘yicha ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan, deb yozadi Kadrlar bo‘linmasi katta inspektori, katta leytenant S.Sobirjonov. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Manba: "xabar.uz"
| |
|