09:39 Dekabrda noyob astronomik hodisa sodir bo‘ladi | |
Olimlar joriy yilning 21 dekabrida Quyosh botganidan keyin Yupiter va Saturn tungi osmonda O‘rta asrlardan beri eng yaqin masofaga kelishini taxmin qildi. Noyob astronomik hodisa haqida “Phys.org” xabar qildi. Ikki gaz giganti deyarli har 20 yil bir-biriga yaqin masofaga keladi. Biroq ular bir-biriga kamdan-kam holatda bu qadar yaqinlashadi. Oxirgi marta bunday yaqinlashuv 1226 yil 4 martida yuz bergan. 16-25 dekabr kunlari Yupiter va Saturn orasidagi aniq masofa to‘lin oyning beshdan bir qismiga teng bo‘lib, ikki sayyora qo‘sh sayyoradek ko‘rinadi. Yerning ekvatorida yashovchi odamlar buni ko‘rish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo‘ladi. Ammo boshqa joylardan ham hodisani kuzatish mumkin, agarda ob-havo bunga imkon bersa. Sayyoralar quyosh botgandan bir soat keyin osmonning g‘arbida ko‘rina boshlaydi. Kuzatuvchi qanchalik shimolda joylashgan bo‘lsa, sayyoralar ufq ortiga cho‘kmasidan unda ushbu hodisani kuzatish uchun shunchalik kamroq vaqt bo‘ladi. Biroq Yupiter va Saturn shu qadar yorqinki, ularni tunda ham ko‘rsa bo‘ladi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, sayyoralar keyingi safar 2080 yil 15 martda, so‘ngra 2400 yildagina yana bir-biriga yaqin keladi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|