19:16 Denovlik kelin qaynonasini do‘pposladi | |
Biroq viloyatda badanga qasddan og‘ir, o‘rtacha darajada shikast yetkazish jinoyati ko‘paygani qayd etildi. Masalan, Sherobod tumanining “Mehnatobod” mahallasida yashovchi ishsiz, o‘ttiz yoshdagi A.Yomg‘irov (ism-shariflar o‘zgartirildi) 42 yoshdagi mahalladoshi F.Noliyevni “tomorqamdagi bedani o‘rib, payhon qilyapsan”, deb qo‘lidagi o‘roq bilan duch kelgan joyiga urib, uning hayoti uchun xavfli tan jarohatini yetkazadi. Angor tumanidagi “Zartepa” mahallasida 56 yoshdagi S.Yarashev o‘z uyida mahalladoshi 57 yoshdagi Q.Mutalov bilan spirtli ichimlik iste’mol qiladi. Shirakayf bo‘lgach, mezbon ham, mehmon ham yoshlik davrini qumsab, kuch sinashmoqchi bo‘ladi. Xonada o‘zaro kurash tushayotganida bir-biri bilan tortishib qoladi. Shu payt S.Yarashev hovliga chiqib, tandir yonida turgan temir kosov bilan mehmonning yuzi va tana a’zolariga urib, og‘ir tan jarohati yetkazadi. Termiz shahrida yashovchi 26 yoshdagi S.Turdiyev Qumqo‘rg‘on tumani “Surxon sohili” mahallasida yashovchi onasidan hol-ahvol so‘rash uchun uning uyiga borganida onasi bilan ajrashib ketgan, shu mahallada yashovchi otasi T.Nizomov janjal chiqaradi. Shu payt Termizdan borgan o‘g‘li stul bilan otasining bosh va badan sohalariga urib, hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohatlari yetkazadi. Denov tumanidagi “Chim” mahallasida yashovchi N.Choriyeva esa 56 yoshdagi qaynona O.Qoziyevani do‘pposlab, o‘rtacha og‘irlikda tan jarohati yetkazdi. Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.
Manba: "daryo.uz"
| |
|