23:29 Toshkent viloyatida kelin olib qochildi | |
2021-yil 12-mart kuni soat 07:55 larda qozoq millatiga mansub bo‘lgan fuqaro 27 yoshli M.Qulmaxon Toshkent viloyati Quyichirchiq tumani Do‘stlik-1 mahallasi hududida bo‘la turib, avvaldan telefon orqali gaplashib yurgan tanishi 21 yoshli U.Malikani erkiga xilof ravishda nikohdan o‘tish uchun o‘g‘irlab, o‘zining yashash xonadoniga olib boradi. U bilan nikohdan o‘tishga majburlagan, lekin Malika U. qarshilik ko‘rsatib qochib ketgan va unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlarini so‘rab IIBga ariza bilan murojaat qilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda. Mazkur holat yuzasidan Quyichirchiq tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan M.Qulmaxonga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 136-moddasi 1-qismi (Ayolni erga tegishga majbur qilish yoki uning erga tegishiga to‘sqinlik qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. Ta’kidlash joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksi normalariga ko‘ra bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravarigacha miqdorda jarima yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.
Manba: "xabar.uz"
| |
|