17:59 Depressiyani aniqlashning yangi usuli topildi | |
Iogann Volfgang Gyote nomidagi Frankfurt universiteti olimlari olib borgan tadqiqotga ko‘ra, inson yuragining qisqarish chastotasi uning depressiya holatida ekanini ko‘rsatishi mumkin. Olimlarning fikricha, depressiyaga uchragan odamlarda bir daqiqada yurak qisqarishi, bunday muammosi bo‘lmagan odamlarnikiga nisbatan 10-15 marta ko‘proq bo'ladi. “Ushbu tadqiqotda ikkita innovatsion element bir necha kun davomida ko‘ngillilarning yurak ritmini doimiy ravishda qayd etib bordi va depressiyani oldini olishi mumkin bo‘lgan yangi antidepressant ketamindan ham foydalanildi”, dedi Frankfurt universiteti professori Karmen Shivek. Bemorlar antidepressant ketaminni qabul qilgandan so‘ng, mutaxassislar yana ko‘ngillilarning yurak urishini o‘lchab, normal ko‘rsatgichni aniqlashgan. Antidepressant sifatida aynan ketamin tanlanishiga sabab - an’anaviy antidepressantlar bilan davolanish bir necha hafta davom etishi mumkinligida. Ketamin esa tez ta’sir qiluvchi antidepressant bo‘lib, ko‘pincha bir necha daqiqada natija beradi. Shunday qilib, depressiyani aniqlashning yana bir usuli topildi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|