11:48 Dollarning rasmiy kursi arzonlashdi | |
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. Unga ko‘ra, 19 maydan e’tiboran valyutalar kursi quyidagicha: 1 AQSH dollari 10 129 so‘m 56 tiyinni tashkil etib, o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 7 so‘m 64 tiyinga arzonlashdi. 1 yevro kursi 10 955 so‘m 12 tiyinga baholanib, 33 so‘m 60 tiyinga arzonlashdi. Rubl kursi o‘tgan haftaga nisbatan 72 tiyinga arzonlashdi. Xususan, 1 rubl 137 so‘m 54 tiyin etib belgilangan. Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmaydi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|