Главная » 2017»Август»21 » Dollarning rasmiy qiymati 4200 so‘mga yetib qoldi
14:44
Dollarning rasmiy qiymati 4200 so‘mga yetib qoldi
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki 21 avgust sanasidan boshlab xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan navbatdagi qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, 1 AQSh dollarining kursi o‘tgan haftaga nisbatan 27 so‘m 94 tiyinga ko‘tarilib, 4182 so‘m 30 tiyinni tashkil qildi.
1 Yevro qiymati esa 31,66 so‘mga oshib, 4927 so‘m 15 tiyin deb belgilandi.
Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida Markaziy Bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.