23:06 Epidemiolog koronavirusning yashirin quroli haqida to‘xtalib o‘tdi | |
N.F.Gamaleya nomli epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy-tadqiqot markazi direktori Aleksandr Ginsburg koronavirusning alomatsiz turi va uning asosiy xavflaridan birini izohlab berdi. Olimning so‘zlariga ko‘ra, virusning «makkorligi» shundaki, COVID-19 tashuvchisida ikki hafta davomida hech qanday alomat yuzaga chiqmasligi mumkin. «Shu bois shuncha vaqt davomida koronavirusni yuqtirgan odam kasallik alomatlarisiz yashirin xavf-xatar hisoblanishi va u atrofdagilar uchun kasallikni yuqtirish manbaiga aylanishi mumkin», — dedi Ginsburg «REN TV» telekanaliga bergan intervyusida. Epidemiolog kasallik tashuvchilarini vaqtida aniqlash va ularni izolyasiya qilish nihoyatda muhimligini ta’kidladi.
Manba: "xabar.uz"
| |
|