11:44 Erdo‘g‘an O‘zbekistonga keladi | |
Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning joriy yil oxirigacha Toshkentga tashrif buyurishi rejalashtirilgan. Ushbu masala kecha, 28 iyun kuni Toshkentda ham muhokama qilingan. Bu haqda Turkiya-O‘zbekiston iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya yig‘ilishida Turkiya vitse-prezidenti Fuat Oktay aytib o‘tdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi Toshkentga tashrif yakunlari bo‘yicha ikki turkiy tilli davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirishni nazarda tutadigan 58 banddan iborat Harakatlar rejasi to‘g‘risida kelishib olingan.
Oktayning ta’kidlashicha, Turkiya va O‘zbekiston savdo hajmini yiliga 10 milliard dollarga yetkazishni rejalashtirmoqda. Kelgusi yillarda ushbu maqsadga erishish mumkinligi qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 28 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan mamlakatda bo‘lib turgan Turkiya Respublikasi vitse-prezidenti Fuat Oktayni qabul qildi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|