21:01 Fransiya Erdo‘g‘anga tahdid qildi! | |
Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Iv Le Drian Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning Fransiya va uning rahbariyatiga qarshi keskin bayonotlarini qoralab, sanksiyalar qo‘llanishi mumkinligini tan oldi. "Prezident Erdo‘g‘an endi muntazam ravishda keskin bayonotlar bermoqda, hatto nafratini ham yashirmayapti", dedi Fransiya tashqi ishlar vaziri. "Bu nafaqat Fransiyaga qarshi qaratilgan, balki bu borada Yevropada birdamlik mavjud va biz Turkiyaning bunday mantiqdan voz kechishini qat’iy talab qilamiz", deb davom yetdi Le Drian. Shu bilan birga, vazir "Evropa Ittifoqining 27 a’zosining davlat va hukumat rahbarlarini birlashtirgan Yevropa Kengashi Turkiya hukumatiga qarshi zarur choralarni ko‘rishga qaror qildi" deb ta’kidladi. Unga ko‘ra, agar Turkiya tomoni o‘z pozisiyasini o‘zgartirmasa, Fransiya bosim o‘tkazishni boshlaydi va sanksiyalar qo‘llaydi.
Manba: "aniq.uz"
| |
|