14:46 Futboldagi korrupsiyadan “portlagan” “Turon” bosh murabbiyi ishdan bo‘shatildi | |
Navoiyning “Qizilqum” jamoasi bilan uchrashuvidan so‘ng “Turon” klubi rahbariyati ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Mazkur yig‘ilishda bosh murabbiy Islombek Ismoilov o‘z arizasiga ko‘ra iste’foga chiqarildi. Bu haqda klub Matbuot xizmati xabar bermoqda. Ma’lum qilinishicha, jamoani vaqtincha polshalik mutaxassis Boguslav Baniak boshqarib turadigan bo‘ldi. Aynan, Superliganing 9-turida “Surxon” jamoasi bilan o‘tkaziladigan uchrashuvga jamoani Boguslav Baniak tayyorlaydi. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Superligasi 2-turi doirasida “Turon” klubi murabbiyi Islombek Ismoilov “So‘g‘diyona” klubiga qarshi bahsdan keyingi rasmiy flesh-intervyu chog‘ida so‘kingan holda, etika normalarini buzganligi uchun Tartib-intizom qo‘mitasi unga nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish intizomiy chorasini belgilagandi. U o‘z intervyusida futboldagi hakamlikdan norozi bo‘lib, o‘zbek futboli ichida korrupsiya avj olganini da’vo qilgandi
Manba: "qalampir.uz"
| |
|