17:53 Germaniyaning sobiq kansleri mamlakat parlamentini sudga berdi | |
“Germaniya sobiq kansleri Shreder mamlakat parlamentini sudga berib, may oyida o‘zi mahrum qilingan maxsus imtiyozlarni tiklash uchun ariza berdi”, deyiladi xabarda. Bundestag Budjet qo‘mitasi avvalroq siyosatchini ofisdan mahrum qilgan, biroq sobiq hukumat rahbari sifatida unga kafolatlangan pensiya va xavfsizlikni saqlab qolgandi. Ushbu qarorning rasmiy sababi shundaki, u Rossiyaning Ukrainaga bosqinidan so‘ng ham rus kompaniyalarida faoliyatini davom ettirgan.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|