14:21 Mask ham Twitter'ni sudga berdi | |
Qayd etilishicha, Mask nomaʼlum sababga koʼra suddan qarshi daʼvo tafsilotlarini sir saqlashni soʼragan. Twitter iyulь oyining boshida Maskni ijtimoiy tarmoqni sotib olmaslik qarori tufayli sudga bergandi. Maskning Twitter bilan kelishuvi Joriy yilning 25 aprel kuni Mask va Twitter rahbariyati ijtimoiy tarmoqni milliarderga 44 milliard dollarga sotish boʼyicha kelishuvga erishdi. Biroq may oyi oʼrtalarida biznesmen Twitter foydalanuvchilari orasida soxta akkauntlar mavjudligi haqidagi vaziyatga oydinlik kiritmagunicha, kelishuvda boshqa harakat boʼlmasligini aytdi. 8 iyul kuni Mask Twitter'ni shartnoma shartlarini buzganligi sababli sotib olish boʼyicha kelishuvdan chiqayotgani haqida xabardor qildi. Keyin Twitter rahbariyati ijtimoiy tarmoqni sotib olish boʼyicha kelishuvni yakunlash uchun milliarderni sudga berdi. Delaver kantseriya sudi Twitter'ning Maskga qarshi daʼvosi boʼyicha sud jarayoni boshlanishini 17 oktyabrga belgiladi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|