23:41 Ginnesning yangi rekordi: dunyodagi eng qimmat burger tayyorlandi | |
Niderlandiyaning Voortxeyzen qishlog‘ida yashovchi oshpaz dunyodagi eng qimmat burgerni tayyorladi. Bu haqda Dunya News nashri xabar bermoqda. De Daltons restoranidan Robbert Yan de Veyen Ginnesning Rekordlar kitobini varaqlab o‘tirganda 2011-yili Amerikaning Oregon shtatidagi restoranlardan biri dunyodagi eng qimmat gamburgerni yaratganiga ko‘zi tushdi.
Veyen bir kishi uchun, lekin eng qimmat mahsulotlardan kichik burger tayyorlashga ahd qildi. U marmar mol go‘shtidan kotlet, iste’molga yaroqli oltin va Dom Pérignon shampani qo‘shilgan bulochkadan foydalandi. Bundan tashqari, uning ijod mahsuliga Macallan viskisi qo‘shilgan barbekyu qaylasi bilan beluga ikrasi ham kiritildi. Taomning yakuniy bahosi jahon rekordini yangiladi: u choychaqa va soliqlarni hisobga olmaganda 5964 AQSh dollarini tashkil etdi.
Manba: "xabar.uz"
| |
|