Respublika Gidrometeorologiya markazi 9-14-mart kunlari kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. Unga ko‘ra, 13-14-mart kunlari respublika hududida ob-havoning keskin sovishi kutilmoqda.
Qoraqalpog‘iston va Xorazm.
Havo o‘zgarib turadi, hafta davomida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kutiladi. Harorat 9-14° daraja issiqdan -10-15° daraja sovuqqacha pasayadi.
Buxoro va Navoiy.
Havo o‘zgarib turadi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliqqacha o‘zgaradi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo.
Havo o‘zgarib turadi. Harorat hafta davomida 17-22° daraja issiqdan -2-3° darajagacha sovuq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo.
Harorat hafta davomida 17-23° iliq, 13-14 mart kunlari -2-3 ° sovuq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona.
Havo o‘zgarib turadi. Harorat kechasi 15-20° iliq, hafta oxirida 2-3° iliqqacha o‘zgaradi.