Главная » 2020 » Апрель » 13 » Haftaning ikkinchi yarmidan boshlab O‘zbekistonda havo harorati ko‘tarila boshlaydi
14:21

Haftaning ikkinchi yarmidan boshlab O‘zbekistonda havo harorati ko‘tarila boshlaydi


«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, respublika hududining katta qismida yomg‘ir, ayrim joylarga kuchli yomg‘ir yog‘adi. Buxoro va Navoiy viloyatlarida yomg‘ir faqat ertalab yog‘ib o‘tdi, Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi.

Ertaga ham mamlakat hududida ayrim joylarga yomg‘ir yog‘adi, tog‘oldi va tog‘li hududlarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

15 aprelda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ayrim joylarga kuchsiz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Respublika bo‘ylab ba'zi joylarda shu kunlarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin, kunduzgi harorat 13-18 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

13-14 aprelda respublikaning tog‘oldi tumanlarida sel kelishi xavfi bor.

Haftaning ikkinchi yarmida nam havo oqimi respublika hududini butunlay tark etadi. Mamlakatda ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Havo harorati ko‘tarila boshlaydi va kunduzi 19-24 darajagacha yetadi, bu aprel oyi o‘rtasi uchun xos bo‘lgan haroratdir.


Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: O‘zbekistonda, havo harorati | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz