Главная » 2017 » Январь » 12 » Halima Ibragimovaning farzand kutayotgani rostmi?
10:16

Halima Ibragimovaning farzand kutayotgani rostmi?


Shou-biznes olamidagi ijodkorlarning shaxsiy hayoti doimo muxlislar uchun qiziq bo‘lib kelgan. Aktrisa Halima Ibragimovaning ayni vaqtdagi hayoti, aniqrog‘i, uning Instagram ijtimoiy tarmog‘iga joylagan fotosurati va unga qoldirgan izohi ko‘plab gap-so‘zlarga sabab bo‘ldi.
 
Gap shundaki, suratda jajji qizaloqning oyoqchalari aks etgan va Halima Ibragimova uning ostiga “Yaqinda baxt”, deya izoh qoldirgan. Buni ko‘pchilik Halima Ibragimovaning homiladorligiga yo‘ydi va tabriklar bitilgan izohlar qoldirishdi. Bu vaziyatga aniqlik kiritish maqsadida Halima Ibragimova bilan bog‘landik.
 
“Aslida baxtni hamma har hil qabul qiladi. Men ham baxtni ana shu suratdagi tasvir orqali ko‘rayapman. Hayotda farzandlardan-da oliy baxt bo‘lmasa kerak. Ba’zilar baxtni boylik, hashamatli uy, qimmatbaho avtomobilda deb bilishi mumkin. Lekin mening baxtim shu farzandlarim va ayni dam yana bir istak ijobat bo‘lishini so‘rayman”, deydi qisqacha izoh bergan Halima Ibragimova.
 
Yuqoridagi fikrlari bilan Halima Ibragimova o‘zi haqidagi gap-so‘zlarning haqiqat ekanligiga ishora qildimi yoki aksincha?! Buni endi vaqt ko‘rsatadi...

Durdona Rasulova 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Halima Ibragimova, farzand kutayotgan, Rostmi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz