10:12 Jahongir Ortiqxo‘jayev Toshkentda uylar narxi keskin ko‘tarilishi mumkinligini aytdi | |
Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev poytaxtda ommaviy ravishda ko‘p qavatli yangi uylar qurilayotganiga qaramasdan, ularning narxi nega pasaymayotganiga oid savolga izoh berdi, deb xabar bermoqda «Gazeta.uz». Avvalroq shahar hokimi mahalliy deputatlarga murojaatida 2020-yilda 125 ta 8444 ta xonadonga (595 ming kv.m) ega ko‘p qavatli uylar qurilganini ma’lum qilgan edi. «Ko‘pchilik hamma yoq qurilish, qum va chang bo‘lib ketdi, deb norozi bo‘ldi. Agar bugungacha Toshkentda ommaviy qurilishlarni qilmaganimizda bugungi narxlar ham bo‘lmasdi. Biz ikki yarim — uch yil avval o‘tirib, yaqin orada uylarning narxi 1 kvadrat metrga 1500 dollardan kam bo‘lmasligini prognoz qilganmiz. Xabaringiz bo‘lsa, shaharda uylarni 2−3 ta kompaniya qurardi. Uylarni ham sotish ofislari bo‘lmas edi, qanaqadir tanish topishingiz kerak edi. Qaysidir ofislarga chiqardingiz, tortmani ochardi, «50 foizini qo‘ying, bitganda olasiz», derdi — 3 yil oldin», — degan hokim. Hokim agar Toshkent shahrida qurilish to‘xtatib qo‘yilsa, narxlar keskin oshishi kuzatilishini qayd etgan.
Manba: "xabar.uz"
| |
|