19:56 Jazirama issiq qachon chekinishi ma’lum bo‘ldi | |
Gidrometeorologiya xizmati boshlangan hafta uchun ob-havo ma’lumotini taqdim etdi. Haftaning katta qismi davomida O‘zbekistonga Eron hududlaridan quruq va issiq havo kirib kelishi davom etadi. Havo harorati kechalari 25-27 darajagacha, kunduz kunlari 41-43 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarida 44-46 darajagacha issiq bo‘ladi, bu o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 5-8 darajaga yuqoridir. Juma kunidan O‘zbekiston hududiga Volgabo‘yi hududlaridan deyarli salqin havo massalari kirib kelishi va issiq asta-sekin pasayishi boshlanadi. Juma kuni kunduzgi harorat 37-40 darajagacha pasayadi va faqat janubiy hududlarda 42-44 darajagachani tashkil etadi. Qoraqalpog‘iston hududi bo‘yicha harorat payshanba kunidan pasayishni boshlaydi va juma kuni havo harorati 32-37 darajani tashkil etadi. Dam olish kunlari O‘zbekistonning barcha hududlarida haroratning pasayishi davom etadi. Haftaning boshida va oxirida O‘zbekistonning ayrim tog‘oldi va tog‘li hududlarida momaqaldiroq bilan mahalliy yomg‘ir yog‘ishi ehtimoldan xoli emas, seshanba kuni kechga tomon esa Toshkent viloyatining tekislik hududlari bo‘yicha biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Hafta davomida respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s.gacha kuchayishi kutilmoqda.
Manba: "xabar.uz"
| |
|