11:32 Oʼzgidromet jazirama qachongacha davom etishini ochiqladi | |
Faqat Oʼzbekistonning shimoli-gʼarbiy hududlariga Kaspiy dengizidan nisbatan salqin va biroz nam havo massasi tarqaladi. Qoraqalpogʼistonda, Xorazm viloyatida 25-26 iyulь kunlari baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʼir yogʼadi, momaqaldiroq boʼladi. Havo harorati 32-37 darajagacha pasayadi. Haftaning ikkinchi yarmida issiq ob-havo massasi Oʼzbekiston hududidan chekinadi va respublika boʼyicha harorat pasaya boshlaydi. Hafta oxiriga kelib, nisbatan salqin havo massasi respublikaning barcha hududlarini qamrab oladi va koʼpchilik viloyatlarda havo harorati 33-36 darajagacha pasayadi, faqat eng chekka janubda 39-41 darajaga yetadi. 25-27 iyulь kunlari shimolda, janubda va choʼl hududlarda, 28-29 iyulda respublika boʼyicha baʼzi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʼzonlari bilan kuzatilishi mumkin. 25-28 iyulь kunlari Qirgʼiziston hududidan Fargʼona viloyatining togʼoldi va togʼli hududlari boʼyicha: Soʼx, Fargʼona tumanlarida va Soʼx, Shohimardon, Isfayramsoy daryolarida glyatsial (muz) sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|