21:05 Jeki Channing qizi o‘z joniga qasd qilishga urindi | |
Gongkong OAVsining xabar berishicha, taniqli kinoaktyor Jeki Chan va “Osiyo go‘zali” tanlovining g‘olibi Eleyn Ngning qizlari 18 yoshli Etta Ng o‘z joniga qasd qilishga urinishi oqibatida ayni damda shifoxonaga tushgan. Etta 31 mart kuni onasining do‘stlari bilan dam olish uchun Tailandga ketgan, biroq u 2 aprel kuni shoshilinch ravishda Gongkongga qaytib kelgan va o‘z joniga qasd qilgan. Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, depressiya holatida qiz o‘z joniga qasd qilishga uringan, deb yozadi “Vesti”. Ayrim internet foydalanuvchilari esa Etta Ng o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida bir necha marta o‘z joniga qasd qilishi haqidagi materiallarni e’lon qilganini ta’kidlagan. Jeki Chan va “Osiyo go‘zali” Eleyn Ng o‘rtasidagi ishqiy munosabatlar 1998 yilda boshlangan, biroq bu munosabatlar uzoqqa cho‘zilmadi. Jeki Chan bu munosabatlar uning katta xatorsi bo‘lganini ma’lum qildi va hatto 1999 yilda tug‘ilgan qizini ham tan olishni istamadi. Etta ham o‘z navbatida Jeki Channi o‘z otasi deb bilmasligini ma’lum qilgan.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|