14:50 JSST: Koronavirusni vaksinasiz to‘xtatish mumkin emas! | |
Jahon miqyosida COVID-19 koronavirusining tarqalishini to‘xtatish unga qarshi samarali vaksina mavjud bo‘lsagina mumkin, dedi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) rahbari Tedros Adxan Gebreyesus. "Oxir-oqibat, koronavirus tarqalishini butunlay to‘xtatish uchun xavfsiz va samarali vaksinani ishlab chiqish va tarqatish talab etiladi", dedi janob Gebreyesus. U vaksinani ishlab chiqish kasallikning qayta faollashish xavfi tufayli zarurligini ta’kidladi. "Koronavirusning yangi to‘lqini, ~ dedi u, ~ global o‘zaro bog‘liqlik" asosida yuzaga kelishi mumkin". JSST rahbari COVID-19 tez tarqalishini va 2009 yilda pandemiyani keltirib chiqargan H1N1 cho‘chqa grippidan o‘n baravar ko‘proq halokatli ekanligini eslatdi. Avvalroq, JSSTning Rossiyadagi vakili Melita Vuynovich ko‘plab mamlakatlarda koronavirusga qarshi vaksina ustida ish olib borilayotgani haqida xabar bergan edi. Shu bilan birga, preparatning o‘zi va qattiq klinik sinovlarni o‘z ichiga olgan jarayonning davomiyligi sababli vaksina yaratish uchun bir yil vaqt kerak bo‘ladi. Eslatib o‘tamiz, dunyoda 1,9 million nafardan ortiq odamda koronavirus infeksiyasi aniqlandi, 114 ming kishi vafot etdi.
Manba: "aniq.uz"
| |
|