Главная » 2021 » Январь » 11 » O‘zbekiston va rossiyalik olimlar koronavirusni yo‘q qilish usulini topdi
18:22

O‘zbekiston va rossiyalik olimlar koronavirusni yo‘q qilish usulini topdi


Rossiya va O‘zbekistonlik olimlar guruhi nurlanishning past dozalari (masalan, rentgen nurlari) koronavirusni yo‘q qilishi mumkinligini aniqladi. Mutaxassislar COVID-19 bilan kasallangan bemorlarni davolashda va dezinfeksiya paytida nurlanishdan foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar ishlab chiqmoqda.

Yangi koronavirusga radiatsion ta’sirni o‘rganish Ural Federal universiteti va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi olimlari tomonidan amalga oshiriladi. Tadqiqot 2020 yil aprel oyida professor Boris Oksengendler boshchiligidagi o‘zbekistonlik bir guruh olimlar tomonidan ilgari surilgan g‘oya bilan boshlangan.

Hozirgi vaqtda birgalikdagi tadqiqotlar davomida yumshoq rentgen nurlari va hatto ultrabinafsha nurlanishining koronavirusga ta’sirining bir nechta tafsilotlari aniqlangan. Mutaxassislar nurlanishni nafaqat odamni davolash va kasalliklarning oldini olish uchun, balki buyumlar, mahsulotlar hamda binolarni dezinfeksiya qilish uchun ham ishlatishni taklif qiladi. Ayni paytda Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston olimlarining qo‘shma guruhi davolash usulini ishlab chiqmoqda.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Rossiyalik, Koronavirusni, olimlar, usulini, O‘zbekiston | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz