21:40 Olimlar koronavirusni tashuvchi eng xavfli toifaga aniqlik kiritishdi | |
AQSh olimlari koronavirusga chalingan 192 nafar bola ustida tadqiqot olib borishdi va... bu yosh toifasi virusni tashuvchilarning eng xavflisi degan xulosaga kelishdi. Infeksiyani yuqtirib olgan bolalarning nafas yo‘llarida kattalarnikiga qaraganda ancha ko‘p virus to‘plangan, deyiladi «Journal of Pediatrics»dagi maqolada. «Barcha yoshdagi bolalarda, ayniqsa kasallikning dastlabki ikki kunida, virus darajasi o‘ta yuqoriligidan hayron qoldim. Bolalarda virus yuklamasi bunchalik yuqori bo‘lishini kutmagandim. Holbuki, kasalxonalarda yotgan og‘ir ahvoldagi koronavirus bemorlarida virus yuki sog‘lom, o‘zini yaxshi his etayotgan bolalarnikidan ancha past», — dedi tibbiyot fanlari doktori, MGH mukovissidoz markazi direktori, «Pediatriya» tadqiqoti yetakchi muallifi Lael Yonker.
Tadqiqotda qatnashgan 192 nafar bolaning (ular orasida chaqaloqlar va 22 yoshlilar ham bor) 49 nafari COVID-19 bo‘yicha musbat natija olinganlar, 18 nafari esa koronavirusni boshdan kechirganlar. «COVID-19 pandemiyasi paytida biz asosan jiddiy simptomli bemorlar bilan ovora bo‘lib, kasallikni yuqtirganlar asosan kattalar, degan noto‘g‘ri xulosa chiqardik. Ammo endigi natijalar bolalar ham bu virusdan himoyalanmaganini ko‘rsatyapti. Ular kasallikni potensial tashuvchilar ekanini aslo nazardan qochirmasligimiz kerak», — dedi MGH markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori, ushbu tadqiqot yetakchi muallifi Alessio Fazano. Tadqiqotchilarga ko‘ra, bolalar koronavirusni yengil o‘tkazganlari bilan, kasallikni tashishda juda faoldirlar, xususan, ko‘chada-ko‘yda yuqtirilgan virusni o‘zlari bilan uylariga olib kelishlari mumkin.
Manba: "xabar.uz"
| |
|