18:10 Olimlar koronavirusni yo‘qotishda qo‘l keladigan yangilikni oshkor qilishdi | |
Olimlar koronavirus uchun nishonga aylanadigan o‘ziga xos hujayralarni topdilar, deb xabar beradi EurekAlert. RNK ma’lumotlari asosida Massachusetc instituti va Garvard mutaxassislari koronavirusning tanaga kirishiga yordam beradigan ikkita oqsilni ifoda etadigan hujayralar to‘plamini aniqladilar. Ma’lum bo‘lishicha, virus burun bo‘shlig‘idagi sekretor hujayralarga, o‘pkadagi II turdagi pnevmositlarga va ozuqa moddalarining so‘rilishini ta’minlaydi ichakdagi enterositlarga "hujum qiladi". Tadqiqot mualliflarining fikricha, ushbu ma’lumotlar koronavirusga qarshi dori yaratishda qo‘l keladi.
Manba: "aniq.uz"
| |
|