10:00 Ketma-ket uch kun dam olish bo‘ladi | |
Ertaga, 1 oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar bayrami taqvimda dam olish kuni sifatida belgilangan. Demak, bugun barcha xodimlar odatdagidan 1 soat vaqtliroq uyiga ketishiga qonuniy haqqi bor. Shuningdek, haftasiga besh kun ishlaydigan xodimlar uchun 2-3 oktyabr sanalari (shanba-yakshanba) ham dam olish kuni hisoblanadi. Ular ketma-ket uch kun dam olishlari mumkin. Haftasiga olti kun ishlaydigan xodimlar esa shanbada ishga chiqishadi. Eslatib o‘tamiz, bayram (ishlanmaydigan) kunlari ishlash man etiladi. Mehnat Kodeksining 130-moddasiga ko‘ra, dam olish kunlarida xodimlarni ishlatish ta’qiqlanadi. Xodimlarni shu kunlari ish beruvchining farmoyishi bilan ishga jalb etishga alohida hollardagina — jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo‘lsa, — ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib belgilangan asoslar bo‘yicha va tartibda yo‘l qo‘yiladi.
Manba: "xabar.uz"
| |
|