11:07 Ko‘p terlash xavfli kasallik alomati ekanligi aniqlandi | |
Hech qanday sababsiz ko‘p terlash — Parkinson kasalligidan darak beruvchi keng tarqalgan alomatlardan biri. Bu haqda Amerika Parkinson kasalligi assotsiatsiyasiga tayanib «Express» xabar berdi. Nashrning yozishicha, alomatlar odatda sekin-asta rivojlanadi va arzimasdek ko‘rinadi. Haddan tashqari ko‘p terlash, mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, tananing asosan tepa qismida kuzatiladi. Agar o‘zingizda ushbu alomatni payqasangiz, shifokorga murojaat qiling. Parkinson xastaligi — markaziy nerv tizimining sekin rivojlanib boruvchi degenerativ kasalligi bo‘lib, asosan gipokineziya, mushaklar qattiqlashishi, tinch holatda titrash va postural buzilishlar singari harakat buzilishlari bilan ifodalanadi.
Manba: "xabar.uz"
| |
|