15:52 O‘limga olib keluvchi yangi kasallik aniqlandi | |
Olimlar o‘limga olib keluvchi yangi kasallikni aniqladi va uni VEXAS deb nomaladi. Xalqaro tadqiqotchilar guruhi o‘z izlanishlari natjasini “The New England Journal of Medicine”da e’lon qildi. Mutaxassislar ma’lumotiga ko‘ra, ular aniqlagan patologiya irsiyatning mutatsiyasiga sabab bo‘ladi va inson organizmida tromblar xxosil qiladi. Shu bilan birga 40 foiz holatda kasallik o‘lim bilan yakunlanadi. Ta’kidlanishicha, ushbu kasallik shifokorlar ilgari bir-biri bilan bog‘lab ko‘rmagan qator yallig‘lanish sindromlarini birlashtiradi. Shunday qilib, VEXAS bemorlarida o‘pka to‘qimalari yallig‘lanadi. Olimlar ushbu kasallikka chalinganlarning UBA1 genlarida somatik mutatsiyalarni aniqlashgan. Bunday sindromga uchragan bemorlarga birorta davolash usuli ta’sir ko‘rsatmaydi. Ayni vaqtda shunday kasallikka chalingan 50 nafar bemor bor. Biroq olimlarning fikricha, bemorlarning haqiqiy soni anchayin ko‘p bo‘lishi mumkin. Eng asosiysi bu kasallik faqat erkaklarda uchraydi deb hisoblanyapti. Bunga mutatsiyalarning X-xromosoma bilan bog‘langanini aytishmoqda. Qayd etilishicha, erkaklarda bu xromosomalar bitta, ayollarda esa ikkita bo‘ladi. Olimlarning fikricha, ayollardagi ikkinchi X-xromosoma ayollarni bu mutatsiyalardan qandaydir tarzda himoyalaydi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|