10:12 Xitoyda yangi “Lanʼya” genipavirusi aniqlandi | |
Unga ko‘ra, Xitoyning Shandun va Xenan provinsiyalarida "Lanʼya"( Langya henipavirus, LayV) infeksiyalari aniqlangan. Virus simptomlariga isitma, charchoq, yo‘tal, anoreksiya, mialgiya (mushaklardagi og‘riq) ko‘ngil aynishi, qusish kiradi. Olimlarning taʼkidlashicha, yangi virus Nipaxga o‘xshaydi (dunyodagi eng xavfli viruslardan biri, dorisi yo‘q, o‘lim darajasi 40 foizdan 75 foizgacha – tahr.), ammo infeksiyalar hali o‘lim holatiga olib kelmagan va juda jiddiy alomatlar kuzatilmagan. Shu bilan birga, olimlar "Lanʼya" odamdan odamga yuqishi mumkinligini hali aniqlamadilar. Hayvonot dunyosida virus ko‘pincha yerqazarlar, sutemizuvchilar oilasida aniqlangan, echki va itlarda virusga qarshi antitanachalar ham topilgan. "Biz ushbu yangi virusga hushyor bo‘lishimiz, ammo vahima qo‘zg‘amasligimiz kerak", deydi Singapur Milliy universiteti professori Van Linfa.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|