14:50 Buyuk Britaniyada koronavirusning xavfli mutatsiyasi aniqlandi | |
Yangi koronavirus infeksiyasi inson organizmiga kirishi oson bo‘lishi uchun 10 ta turli shaklda o‘zgarishi mumkin. Virusning bu xususiyatini Buyuk Britaniyaning Frensis Krik instituti olimlari aniqladi. Institut xodimlari o‘tkazgan tadqiqot COVID-19 tikanlari o‘zgarishi va yanada ilishqoq bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatgan. Shular hisobiga virus inson hujayralarining yuzasida bo‘ladigan ACE2 oqsili bilan yaxshiroq aloqaga kirishadi. Bundan tashqari, virus o‘zining tikanlari bilan organizmga kirib boradi.
Shu bilan birga, britaniyalik tadqiqotchilar laboratoriya sharoitida COVID-19 o‘zining tiklanlarini bir daqiqada o‘zgartirib olishi mumkinligini aniqlagan. Ammo real hayotda jarayon nisbatan sekin kechadi. Qayd etilishicha, koronavirus organizmdagi antitanacha o‘ziga ta’sir o‘tkazmasligi uchun mutatsiyaga uchraydi. Olimlar bu topilma COVID-19 nega bu qadar yuqumli ekaniga izoh bera olishiga ishonyapti.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|