22:35 Qanday haroratda koronavirusning tarqalishi sekinlashishi aniqlandi | |
Havo harorati hamda boshqa ob-havo omillari haqiqatan ham yangi koronavirusning tarqalishiga ta’sir qiladi. ScienceDaily ma’lumotlariga ko‘ra, infeksiyaning tarqalishi amerikalik olimlar tomonidan aniqlanishicha, + 11 darajada sekinlashadi. Mutaxassislar yanvar oyining oxiridan aprel oyining oxirigacha Qo‘shma Shtatlardagi COVID-19 kasalligi va uning havo harorati, yog‘ingarchilik va ultrabinafsha nurlanish bilan o‘zaro bog‘ligi haqida kunlik ma’lumotlarni tahlil qilishdi. Ma’lum bo‘lishicha, koronavirusning iliq ob-havo sharoitida tarqalishi sovuq ob-havoga qaraganda ancha past. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, havo namligi va yog‘ingarchilik epidemiologik vaziyatga jiddiy ta’sir ko‘rsatmaydi, ultrabinafsha nurlanishining yuqori darajasi esa yangi holatlarning o‘sish sur’atini pasaytirishga yordam beradi.
Manba: "aniq.uz"
| |
|