19:50 Koronavirusning yangi turi yana uchta davlatda aniqlandi | |
Niderlandiya, Daniya va Avstraliyada koronavirusning yangi shtammi topildi — u avval Buyuk Britaniyada aniqlangandi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) xabar berdi, deb yozadi «VVS». Mutaxassislarning ta’kidlashicha, koronavirusning yangi turi oldingisidan ko‘ra tezroq tarqalmoqda, ammo uning xavfi ko‘proq ekanligi haqida gapirishga hali erta. Bundan tashqari, mutatsiyaga uchragan virusning vaksinaga turlicha ta’sir ko‘rsatishi haqida ham hech qanday asos yo‘q. Gollandiya hukumati yaqin kunlarda Yevropa Ittifoqining boshqa a’zo davlatlari bilan yangi shtammning tarqalishini o‘rganish uchun ishga kirishishini ma’lum qildi. Bundan tashqari, mamlakat 1-yanvargacha Buyuk Britaniya bilan aviareyslarni yopgan. Dekabr oyida JSST Buyuk Britaniyada aniqlangan SARS-CoV-2 koronavirusining yangi mutatsiyasi xavfini baholadi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, u yanada yuqumliroq, biroq kasallikning xavflilik darajasi o‘zgarmagan. 14-dekabr kuni Buyuk Britaniya Sog‘liqni saqlash vaziri Mettyu Xenkok mamlakatda SARS-CoV-2 koronavirusining yangi shtammi topilganligini, u asl nusxasidan ko‘ra tezroq tarqalayotganini ma’lum qildi. Virus odamdan odamga oson tarqaladi. Shu boisdan ham yuqumliroq.
Manba: "xabar.uz"
| |
|