15:50 Koronavirusning yana bir xavfli asorati aniqlandi | |
Amerikalik olimlar kattalarda o‘tkir yallig‘lanuvchi MIS-A sindromini aniqlashdi. U koronavirusning og‘ir asorati hisoblanadi. Bu haqda AQSh kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi xabar berdi. Avvalroq bu sindrom COVID-19 bilan kasallangan bolalar va o‘smirlarda qayd etilgandi. Yurak va oshqozon-ichak yo‘li bilan bog‘liq muammolar, xususan, aritmiya va qorin og‘rig‘i uning alomatlari hisoblanadi. Lekin bemorlarda o‘tkir respiratorli kasalliklar belgilari kuzatilmagan. Mutaxassislar AQSh va Buyuk Britaniyada 21 — 50 yoshlardagi bemorlar orasida qayd etilgan 16 ta holatni o‘rganib chiqishdi. Ularning hammasida aritmiya aniqlangan, 12 nafarining isitmasi chiqqan, faqat sakkiztasida respiratorli alomatlar kuzatilgan. Bemorlarning o‘ntasi reanimatsiyaga tushib qolib, ikki nafari vafot etgan. Shu bilan birga, koronavirusni yuqtirish bilan MIS-A ning kelib chiqish alomati o‘rtasidagi aniq vaqt noma’lumligi qolayotgani ta’kidlanmoqda. Shunga ko‘ra olimlar ushbu alomatlar COVID-19ning og‘ir asorati hisoblanadimi yoki infeksiyadan keyingi jarayonmi, degan savolga javob berisholmayapti. Biroq MIS-A belgilari paydo bo‘lgunga qadar COVID-19ning o‘ziga xos alomatlari haqida ma’lum qilgan bemorlarda o‘rtacha 2-5 haftadan keyin sindrom paydo bo‘lgan. So‘ngra ushbu bemorlarda infeksiyaning klinik kechishi, kasallik oqibatlari hamda hushdan ketish, nafas olishga qiynalish va gipoksiya kabi og‘ir alomatlar kuzatilgan. Shundan keyin tadqiqotchilar D vitamini tanqis va me’yorda bo‘lgan bemorlarning ushbu ko‘rsatkichlarini taqqoslashgan. Buni qarangki, D vitamini yetarli bo‘lgan COVID-19 bemorlarida noxush klinik alomatlar — o‘lim yoki og‘ir asoratlar xavfi nisbatan kam bo‘lgan.
Manba: "xabar.uz"
| |
|