17:25 Koronavirus Afg‘oniston Prezidenti saroyiga g‘ayrioddiy usulda kirib bordi | |
Afg‘oniston Prezidenti Ashraf G‘ani saroyida ishlaydigan kamida 20 nafar amaldor koronavirusga chalindi. Sog‘liqni saqlash vazirligi bergan ma’lumotga ko‘ra, yuqumli kasallik saroyga hukumatning boshqa bir departamentidan yuborilgan hujjatlar orqali kirib kelgan. “Ba’zi xodimlar test sinovlari natijalari hali olinmagan paytda Prezident ma’muriyati binosida ishlayvergan. Biz ularni va ularning oilalarini yakkalab qo‘yishga majbur bo‘ldik. Infeksiyani yuqtirganlar soni ancha ko‘p bo‘lishi mumkin”, deyiladi xabarda. Davlat rahbari G‘anining rasmiy vakili Sodiq Sodiqiyning aytishicha, Afg‘oniston fuqarolik xizmati bo‘yicha komissiyasi davlat xizmatchilariga uyda qolishni buyurgan va mamlakatda cheklov choralari may oyining o‘rtalariga qadar yana uch hafta uzaytirilishini ma’lum qilgan. Ayni damda 70 yashar Ashraf G‘ani amaldorlar o‘rtasida kasallikning ortishi sabab o‘z xodimlari bilan raqamli aloqa vositalari orqali muloqot qilishga majbur bo‘lmoqda. Hukumatdagi manbaning ma’lum qilishicha, G‘ani salomatligidagi ayrim muammolar sabab xodimlar bilan aloqani cheklagan, ko‘pgina uchrashuvlar videokonferensiyalar orqali o‘tmoqda. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Afg‘onsitonda koronavirusga 993 nafar odam chalindi. 131 bemor shifo topgan bo‘lsa, 32 kishi vafot etdi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|