14:55 Koronavirus pandemiyasi Xitoyga qo‘l kelishi kutilmoqda | |
Pandemiya natijasida Pekin va Vashington o‘rtasida 2017 yilda boshlangan raqobat yanada kuchayishi ehtimoli oshdi. AQSh siyosatchilari, xususan prezident Donald Tramp tomonidan Xitoy koronavirusni sun’iy yaratgani va uning tarqalishi haqidagi ma’lumotlarni yashirgani haqida ayblovlar bildirilyapti. Bu esa siyosiy taranglikni yanada mustahkamlaydi. Mamlakatlar o‘rtasidagi ushbu kelishmovchilik yaqin yillarda saqlanib qolishi kutilmoqda. Trampning oxirgi bayonotiga ko‘ra, AQSh tomonidan Xitoy mahsulotlariga qo‘shimcha boj to‘lovlari joriy etiladi. Rasmiy Pekin esa o‘z navbatida koronavirus infeksiyasi tarqagan davlatlarga yordam ko‘rsatish hisobiga o‘z ta’sir doirasini yanada kengaytirib olishi kuzatilyapti. Xitoy bir qator davlatlarga gumanitar yordam va tibbiy niqoblar jo‘natmoqda. Ayni vaqtda butun dunyo bo‘ylab koronavirus pandemiyasi tufayli iqtisodiy inqiroz ro‘y beryapti. Xitoy hammadan oldin mana shu inqirozdan chiqishi deyarli aniq bo‘lib ulgurdi va Pekin bu ustunlikdan foydalanishi muqarrar. Biroz vaqt muqaddam neftga bo‘lgan talab tushib ketishi oqibatida Xitoy avvalgi shartnomalarni qayta ko‘rib chiqishi va eng muhimi — neft uchun dollarda emas, yuanda to‘lay boshlashi tahmin qilingan edi. Bu esa Xitoy valyutasining mustahkamlanishiga olib keladi.
Manba: "xabar.uz"
| |
|