15:43 Koronavirus pandemiyasi ayrim davlatlarda qachon tugashi ma’lum qilindi | |
Singapurlik analitiklar ayrim davlatlarda koronavirus pandemiyasi qachon tugashini taxmin qilishdi. Bu haqda Singapur texnologiya va dizayn universiteti (SUTD) ma’lumotlariga tayanib «RIA Novosti» xabar bergan. Ekspertlarning fikricha, Rossiyada 20-iyulda koronavirus tarqalishi nihoyasiga yetadi va yangi holatlar qayd etilmaydi. Analitiklar aytib o‘tgan sana Rossiyada COVID-19 bilan kasallanishlar bo‘yicha mavjud statistika tahlillariga asoslanadi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, 20-mayda umumiy kasallanganlarning 97 foizi aniqlanadi, 28-mayda esa bu ko‘rsatkich 99 foizga yetadi. Shuningdek, analitiklarning xabariga ko‘ra, koronavirus bilan bog‘liq vaziyat AQShda 27-avgustda, Buyuk Britaniyada 14-avgustda, Germaniyada 1-avgustda, Fransiyada 5-avgustda nihoyasiga yetadi.
Manba: "xabar.uz"
| |
|